Hamkorlar biz haqimizda. Chortoq Fidani yetkazib beruvchi kompaniyasi OZ Planet raqamli platformasida faktoring moliyalashtirishini oldi
Kompaniyamiz O‘zbekistonga go‘sht mahsulotlarining yirik importchisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasiga turli mamlakatlardan muzlatilgan go‘sht olib kelamiz. Kompaniya jadal rivojlanmoqda, xaridor-kontragentlar soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda, mahsulotlar qatori kengaymoqda.
Xaridorlar biz taqdim etayotgan mahsulotlar uchun to‘lov muddatini uzaytirishdan manfaatdor. Biz uchun esa kassa uzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik va mijozlarimizni sifatli mahsulotlarni barqaror, uzluksiz yetkazib berish bilan ta’minlash muhim.
Ushbu vazifani hal qilish uchun moliyaviy oqimlar uzluksiz bo‘lishi kerak. Kassa uzilishlari bilan birga xarajatlarning doimiy o‘sishini boshdan kechirgan holda, biz biznesni moliyalashtirishning foydali usullarini izlashga majbur bo‘ldik. Faktoringdan moliyaviy vosita sifatida foydalanishga qaror qildik va OZ Planet raqamli platformasiga ulandik. Natijada kompaniyamiz allaqachon jo‘natilgan mahsulotlar uchun muddatidan oldin moliyalashtirish olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Chortoq Fidani direktori Farrux Musaboev: «Biznesda tez-tez kutilmagan vaziyatlar yuzaga keladi, ular zudlik bilan mablag‘ kiritishni talab qiladi. Bunday qiyinchiliklar tezda hal qilinishi kerak, aks holda ular korxonaning moliyaviy barqarorligiga ham, shartnomalarni bajarish sifatiga ham ta’sir qiladi. Bu yerda faktoring samarali yechimga aylanadi: kompaniya balansda to‘plangan debitorlik qarzlarini sotadi va garov, kafilliklarsiz va bitimni uzoq ko‘rib chiqmasdan darhol kerakli mablag‘larni oladi. OZ Planet’da bunday moliyalashtirishni onlayn formatda olish qulay, hujjatlarni kelishish esa ERI bilan imzolash orqali elektron shaklda amalga oshiriladi, bu tez va xavfsiz hujjat aylanishini ta’minlaydi. Minimal to‘lov summasiga talablar yo‘qligi sababli, OZ Planet platformasi xizmatlaridan shartnoma summalari kichik bo‘lgan kompaniyalar ham foydalanishi mumkin. Bu kichik va o‘rta biznesga sezilarli ko‘makdir».
Ariza topshirilgan paytdan boshlab Asia Alliance Bank’dan pul mablag‘lari hisobimizga kelib tushguniga qadar 24 soatdan kamroq vaqt o‘tdi. Faktordan olingan mablag‘lar yetkazib berishlarning uzluksizligini barqarorlashtirishga yordam berdi. Raqamli faktoringni asosiy moliyalashtirish vositasi sifatida qo‘llash orqali go‘shtni saqlash uchun qo‘shimcha uskunalar xarid qilishni va ichki bozorni yanada kengaytirishni rejalashtirishimiz mumkinligini allaqachon ko‘rib turibmiz.
Faktoring bitimi bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha tezkor, yuqori malakali yordam uchun OZ Planet xodimlariga katta minnatdorchilik bildiramiz.

