Asosiy mazmunga o‘tish
Yangilik

Poytaxt Bank mijozlarga OZ PLANET raqamli platformasida faktoring taqdim etishni boshladi

2024-yil 3-oktabrda OZ PLANET Poytaxt Bank bilan bankni o‘zining raqamli platformasiga ulash bo‘yicha shartnoma imzoladi. Endi O‘zbekiston kompaniyalari Poytaxt Bank’dan faktoring moliyalashtirishini onlayn formatda olishlari mumkin.

Zamonaviy tendensiyalar va bozor talabiga javob beradigan innovatsion mahsulot va xizmatlarni taqdim etish bankning strategik yo‘nalishlaridan biridir. Mamlakatda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish zarurligini, shuningdek, biznesni raqamlashtirishning umumiy tendensiyasini hisobga olgan holda bank rahbariyati Markaziy bankning mijozlarga raqamli faktoringni taqdim etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. OZ PLANET kompaniyasi bu yo‘nalishda katta tajribaga ega va Poytaxt Bank’ni yangi mahsulot — raqamli faktoringni joriy etishga puxta tayyorladi.
Faktoring bank uchun qiziqarli, chunki u buyurtmachilar bilan to‘lovni kechiktirish shartlarida ishlaydigan kompaniyalar uchun kreditlarga yaxshi muqobil hisoblanadi. Yetkazib beruvchi kompaniyalar orasida garov ta’minoti va mos maqsadli yo‘nalish yo‘qligi sababli bank kredit bera olmaydigan kichik va o‘rta korxonalar ko‘p. Faktoring uchun esa bu shartlarning birortasi ham talab qilinmaydi. Faktoring moliyalashtirish tovar/xizmat xaridoridan qarzni talab qilish huquqini o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. Yetkazib beruvchi yoki pudratchi shartnoma bo‘yicha ishlarni bajargandan so‘ng darhol to‘lovni oladi va buyurtmachiga nisbatan pul talablarini faktorga o‘tkazadi.
OZ PLANET kompaniyasi taqdim etadigan raqamli formatdagi faktoring ayniqsa jozibador, chunki muzokaralar, kelishuvlar va imzolashning butun jarayoni onlayn amalga oshiriladi, demak, bitimning barcha tomonlari vaqt va mablag‘ni tejaydi. Biznes nafaqat foydali, balki qulay ham bo‘ladi.

OZ PLANET direktori Aleksandr Bogdanov shunday deydi: «Platformamizga ko‘plab ishonchli banklarning ulanishi mijozlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta jozibador takliflar orasidan moliyalashtirish shartlarini tanlash imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, faktoringni onlayn formatda rasmiylashtirish jarayoni himoyalangan hujjat aylanishi va shaxsiy uchrashuvlarning yo‘qligi tufayli moliyalashtirishni oson, qulay va tezkor qiladi. Platformada ro‘yxatdan o‘tish va operatsiyalar yetkazib beruvchi va debitor uchun bepul. OZ PLANET kompaniyasi faktoring bitimining barcha bosqichlarida mijozlarni kuzatib borish va qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi, qaror qabul qilishning shaffofligini, xarajatlarning qisqarishini va kompaniyalar ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlaydi».

Poytaxt bank («POYTAXT BANK» AJ) o‘z faoliyatini 2018-yil oktabr oyida boshlagan. Bankning tashkil etilishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi «2017-2021-yillarda Toshkent shahrida arzon ko‘p qavatli uylar qurish ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2824-son qarori turtki bo‘ldi.

Bank iqtisodiy sohadagi loyihalarni moliyalashtiradi, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlaydi, yuridik va jismoniy shaxslarga to‘liq bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Bank bank jarayonlarini optimallashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va raqamli mahsulotlarni yaratish uchun zamonaviy texnologiyalarga sarmoya kiritadi.

2024-yil 1-noyabrda Poytaxt Bank va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bank ishi va moliya sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, ular uchun ish o‘rinlari yaratish maqsadida hamkorlik memorandumini imzoladi.

Barcha nashrlar

Platforma imkoniyatlari haqida batafsil aytib beramiz

Aloqa ma’lumotlaringizni qoldiring, mutaxassisimiz siz bilan bog‘lanadi.

Ismingizni kiriting
Raqamni +998 (XX) XXX-XX-XX formatida kiriting
Elektron pochta manzilini tekshiring
Kompaniya nomini kiriting
Telegram